Yangiliklar tasmasi

“Men Di Stefano, Pele, Maradona va Kroyfning o'yinlarini ko'rganman, ammo Messi eng zo'ri”


Muharrir:
Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Umberto Maskio “Barselona” forvardi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Men Di Stefano, Pele, Maradona, Kroyffning o'yinlarini ko'rganman. Ammo Messi eng yaxshisi. Men yuqorida sanab o'tilgan futbolchilarning bir nechtasiga qarshi maydonga tushganman. Ammo takrorlayman, Messi – shubhasiz eng zo'r futbolchi.

Ular o'z vaqtida buyuk futbolchi bo'lishgan, ammo zamonaviy futbolning sur'ati oldingisi bilan solishtirib bo'lmaydi. Messi urayotgan gollarga qarang. 

Leo maydonda kam yuguradi. Ammo kerak vaqtda to'p uning oyog'iga yopishib olgandek tuyuladi. Men o'ta yuqori tezlikka ega bo'lgan futbolchilarni ko'rganman. Ammo ular to'p bilan harakatlanganda tezlik pasayib ketadi. Leo bilan esa aksincha, u barchasini fantastik tarzda bajaradi”, dedi Maskio Clarin nashriga bergan intervyusida.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.