Yangiliklar tasmasi

Bartomeu: Artur klubga hurmatsizlik qilmoqda


Muharrir:
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu yarim himoyachi Artur Melo jamoa uchun o'ynashni istamayotgani haqida gapirdi.

"Artur klubga hurmatsizlik qilmoqda. Barcha futbolchilar EChLda o'ynashni istaydi. Shunday turnirdan oldin futbolchi o'z jamoasiga qaytishni istamayotganidan mantiq yo'q. Bu tushunarsiz holat.

U bilan mavsum yakuniga qadar "Barsa" uchun jon berishga tayyor bo'lishini kelishib olgandik. Unga vazifalar berilgandi. Artur jamoaga yordam berishi kerak edi.

Artur dam olishdan qaytmadi va tartib-intizom qoidalarini buzdi. Uning Braziliyada qolishiga ruxsat bermagandik", - dedi Bartomeu.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.