Yangiliklar tasmasi

“Barselona” Martines va Neymarni sotib oladimi? Klub prezidenti javob berdi


Muharrir:
Xosep Mariya Bartomeu pandemiya tufayli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar haqida gapirdi.

“Inter” bilan Lautaro to'g'risida so'nggi haftalarda gaplashgandik, ammo muzokaralar o'zaro kelishuvga ko'ra to'xtab qoldi. Yuzaga kelgan vaziyat bu kabi katta transferlarni amalga oshishiga imkon bermaydi.

Neymarning o'tishi? Hozirgi paytda mumkin emas. PSJ uni sotishni xohlamaydi, barchasi tushunarli, boisi, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. O'tgan yoz uni qaytarishga harakat qilgandik, ammo joriy yil bunga urunib ham ko'rmaganmiz.

“Barselona” martdan iyungacha 200 mln evro yo'qotdi. Keyingi mavsum 1,1 mlrd ishlab evro ishlab topamiz deb taxmin bildirgandik, lekin endi daromad 30 foizga tushib ketish ehtimoli mavjud. Agar vaziyat o'nglanmasa, rejalarimizni qayta ko'rib chiqishga majbur bo'lamiz.

O'ylashimcha, yirik transferlar bo'lmaydi. Yoki hech bo'lmasa almashinuv bilan bog'liq muzokaralar soni ko'payar. Bu Evropaning barcha top klublariga tegishlidir. Adaptatsiya qilishimiz kerak. Men bir yil emas, balki 3-4 yil haqida gapirmoqdaman”, deydi kataloniyaliklar prezidenti.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.