Yangiliklar tasmasi

Kuman Barselona rahbariyatidan Salohni xarid qilishni so'radi


Muharrir:
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman klub rahbariyatidan "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni xarid qilishni so'radi.

"Ko'k-anorranglilar" ustozi tarkibni kuchaytirish uchun misrlik o'yinchiga yaxshi taklif bermoqchi. Qayd etilishicha, kerakli mablag'ni to'lash kataloniyaliklar uchun oson emas. 

Eslatib o'tamiz, ushbu transferlar oynasida "Barselona"ni bir qator o'yinchilar tark etadi.

Saloh 2017 yildan beri "Liverpul" to'p tepadi. Forvard o'tgan mavsum APL doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 10ta assist qayd etdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.