Yangiliklar tasmasi

Vidal Barselonadan olishi lozim bo'lgan tovon pulidan voz kechdi


Muharrir:
Bu "Inter"ga tezroq o'tish uchun qilindi.

"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi. Tuttosport xabariga ko'ra, 33 yoshli chililik futbolchi transfer ishlarini tezlashtirish uchun Kataloniya klubidagi 6,5 million evrolik badal pulidan voz kechdi. Vidal kelasi haftadayoq Milan jamoasi futbolchisiga aylanishi mumkin.

Arturo Vidal o'z faoliyati davomida "Barselona"dan tashqari "Kolo Kolo", "Bayer", "Yuventus", "Bavariya" kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Chililik 2018 yil yozda Kataloniya klubiga o'tgan edi. U "ko'k-anorranglilar" uchun barcha musobaqalarda 96 uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol urdi va 10 ta golga uzatma berdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.