Yangiliklar tasmasi

Barselona hafta so'nggiga qadar Liondan Memfis Depayni transfer qiladi


Muharrir:
"Barselona" "Lion" hujumchisi Memfis Depayni xarid qilishga yaqin.

Depayning "Barselona"ga o'tishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi, u Niderlandiya terma jamoadagi ishtirokini qayta tiklash borasida Ronald Kuman bilan gaplashadi.

"Barselona" rahbariyati ushbu haftada bitimni rasman e'lon qiladi va Depayni "Kamp Nou"da tanishtiradi.

Hujumchi 2017 yilda "Lion" bilan shartnoma imzolagan va u 2020/21 yilgi mavsumda yakuniga etishi belgilangan edi. Transfermarkt futbolchini 44 million evroga baholagan.

26 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum "Lion" safida barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.