Yangiliklar tasmasi

Barselona Luis Suaresni shartnomasi yakuniga qadar maydonga tushirmaslikka tayyor


Muharrir:
"Barselona" hujumchisi Luis Suaresda muammolar yuzaga keldi.

33 yoshli urugvaylik hujumchi shartnoma bo'yicha kataloniyaliklar rahbariyati bilan kelisha olmadi, shu sabab u butun mavsumni tribunalarda futbol kuzatib o'tkazishi mumkin.

Agar Suares va "Barselona" kelishuvga erishishmasa, klub uni bitim so'nggiga qadar maydonga tushirmasligi mumkin, ammo bu borada so'nggi so'zni Kuman aytadi. Shuningdek unga shartnomasi bo'yicha to'liq maosh to'lanadi.

Suares 2014 yildan beri "Barselona"da o'ynaydi. U 2019/20 yilgi mavsum klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 10ta assist qayd etdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.