Yangiliklar tasmasi

Depayning transferi Barselona uchun qanchaga tushishi ma'lum bo'ldi


Muharrir:
"Barselona" "Lion" hujumchisi Memfis Depayni xarid qilishga yaqin.

Transfer narxi 30 million evro (bonuslarni hisobga olganda)ni tashkil etmoqda. "Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ronald Kuman futbolchi bilan o'tgan haftada gaplashdi.

Xabarlarga ko'ra, Depay "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan va transfer hafta so'nggida e'lon qilinadi.

Hujumchi 2017 yilda "Lion" bilan shartnoma imzolagan va u 2020/21 yilgi mavsumda yakuniga etishi belgilangan edi. Transfermarkt futbolchini 44 million evroga baholagan.

26 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum "Lion" safida barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

Izoh qoldirish
Fikrlar

 husan (21)
Samarqand viloyati (16.09)

Nima kerak depay gallandiya bosadi barsani

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.