Yangiliklar tasmasi

Ishlar o'xshamadi. Suares Yuventusga o'tmaydigan bo'ldi


Muharrir:
"Barselona" hujumchisi Luis Suares ushbu transferlar oynasi vaqtida "Yuventus"ga o'tmaydi.

"RAC 1" xabariga ko'ra, futbolchining transfer ishlari Italiya qonunchiligida belgilangan tartibga ko'ra yakuniga etmaydi. Gap shundaki, A Seriyada o'ynaydigan har bir futbolchiga Italiya pasporti berilishi kerak. Biroq Suares 6 oktyabrga qadar ham mamlakat pasportiga ega chiqa olmaydi.

Shunga qaramasdan, Suares boshqa jamoaga ketishga tayyor turibdi. Unga boshqa klublardan takliflar bor. Oldinroq "Barsa" hujumchini ushbu transferlar oynasi vaqtida sotib yuborish uchun ishlarni davom ettirayotgani haqida ma'lumotlar tarqagandi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.