Yangiliklar tasmasi

Lionel Messi Ispaniya chempionatidagi dastlabki o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin


Muharrir:
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 2020/21 yilgi mavsum 3ta tur o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.

Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi o'yinchini Qatarda bo'lib o'tadigan JCh-2022 o'yinlari uchun saralashning dastlabki o'yinlariga chaqirmoqchi.

Bunday holatda forvard "Barselona"ning 3 o'yinini o'tkazib yuboradi. COVID-19'ga qarshi kurash protokolida yangi davlatga kelgandan so'ng ikki haftalik karantin ko'zda tutiladi.

Agar Messi milliy terma jamoadan chaqiruv olsa, u holda Argentinaga saralash o'yinlari boshlanishidan ikki hafta oldin borishiga to'g'ri keladi. Shunday ekan hujumchi "Barselona"ning "Vilyarreal", "Selta" va "Sevilya"ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.