Yangiliklar tasmasi

Kuman Lukakuni Barsada ko'rishni istagan, biroq...


Muharrir:
Klub inqiroz tufayli uni sotib ololmadi.

"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kumanning asosiy transfer maqsadi edi, deb xabar bermoqda Kataloniyaning Esport3 telekanali.

Manbaga ko'ra, belgiyalik hujumchi 57 yoshli mutaxassis uchun hujum chizig'ini kuchaytirishning ustuvor varianti bo'lgan, ammo qiyin iqtisodiy vaziyat tufayli "Barselona" forvard bilan shartnoma imzolay olmadi.

Kuman 27 yoshli futbolchini "Barsa"dan ketishga yaqin turgan hujumchi Luis Suaresga o'rinbosar sifatida ko'rgan.

Ma'lumot uchun, murabbiy Lukaku bilan 2016 yildan 2017 yilgacha "Everton"da birga ishlagan. Belgiyalik o'shanda 37 uchrashuvda 25 ta gol urgan.

Forvard 2019/20 yilgi mavsumda A Seriyada 36 uchrashuv o'tkazdi va 23 ta gol urdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.