Yangiliklar tasmasi

Depay yanvarda Barselona o'yinchisiga aylanadi


Muharrir:
"Lion" hujumchisi Memfis Depay faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.

"Ko'k-anorranglilar" Frantsiya klubi bilan futbolchini qishki transferlar oynasida xarid qilish borasida kelishuvga erishishgan. Ehtimoliy bitimning tafsilotlari oshkor etilmayapti.

"Barselona" yozgi transferlar oynasida ham Depay bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rgan, ammo bitim amalga oshmagan edi. Memfisni "Barsa"ga olib kelish tashabbusi jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumandan chiqqan.

Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum Frantsiya chempionati doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol (3tasi penaltidan) urishga erishdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.