Yangiliklar tasmasi

“Xetafe” “Barselona”ga qarshi o'yin oldidan, klub nomini o'zgartirdi


Muharrir:
Ispaniya chempionati 6-turi doirasida 17 oktyabr kuni “Xetafe” o'z maydonida “Barselona”ni qabul qilishi kerak.

Mezbonlar mazkur uchrashuv oldidan klub nomini o'zgartirishga qaror qilishdi. Klub nomidagi dastlabki to'rt xarf olib tashlanib, “Fe” FKga aylandi. Uning ispan tilidan tarjimasi esa “Ishonch” deganidir.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu o'zgartirish koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq va hozirgi qiyin davrda jamoa muxlislariga umid bag'ishlash maqsadida qilingan.

Shuningdek, Xetafe shahri jamoasi logotipida ham biroz o'zgarish yuz berdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.