Yangiliklar tasmasi

Kuman Grizmanning so'zlari haqida: “Murabbiy buyruq beradi, futbolchi esa o'zini maksimal ko'rsatishi kerak”


Muharrir:
Avvalroq, Antuan Grizmann Frantsiya TJ safidagi o'yindan so'ng bosh murabbiy Dide Desham uni qaysi pozitsiya qo'yishni bilishini aytgandi.

“Barselona” ustozi Ronald Kuman uning so'zlariga izoh berdi.

“Har kim o'zi xohlagan narsani aytishga haqli. Kecha u bilan gaplashgandik, ammo bu haqida emas. Biz uning pozitsiyasi va samaradorligi haqida suhbatlashdik. Jamoa uchun yaxshi variantlarni izlamoqdaman va u o'ng qanotda boshlashi kerak bo'lsa, demak shunday qilish kerak deb o'ylayman. Shuningdek, u “o'nlik” yoki “to'qqizlik” pozitsiyasida ham o'ynay oladi, qarorni men qabul qilaman, u esa maksimal darajasini ko'rsatishi lozim.

Grizmann qo'ldan kelgancha harakat qilmoqda va unga omad ham keladi, ammo u tavakkal qilishi zarur. Murabbiy buyruq beradi, u esa borini bag'ishlashi kerak”, deydi Kuman.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.