Yangiliklar tasmasi

Xetafe bosh murabbiyi: Barselonada dunyoning eng kuchli futbolchisi - Messi o'ynaydi


Muharrir:
"Xetafe" bosh murabbiyi Pepe Bordalas "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Yangi murabbiy kelganida doim nyuanslar bo'ladi. Masalan, Luis Suares, Rakitich va Arturo Vidallar jamoadan ketishdi va shu bilan texniy darajadagi o'zgarishlar ham bo'ldi.

Men uchun "Barsa" yuqori darajadagi futbolchilar bilan eng zo'r jamoa bo'lgan, ularda hali ham dunyoning eng kuchli futbolchisi - Lionel Messi bor.

Messi bilan bog'liq vaziyat? Professional, futbol bilan shug'ullanuvchi va muxlis sifatida Messidan "Barsa"da o'ynashni davom ettirayotgani uchun juda ham minnatdorman. Sababi bizning ligamizda dunyoning eng kuchli futbolchisi bo'lishi muhimdir. Menga har doim u qanday o'ynayotganini ko'rish doim yoqqan", - deydi Bordalas.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.