Yangiliklar tasmasi

Liverpul Mbappe uchun ispan grandlari bilan kurashadi


Muharrir:
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

21 yoshli futbolchining xizmatlariga "Liverpul" rahbariyati qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, o'yinchini Kataloniyaning "Barselona" va Madridning "Real" klublari kuzatayotgani xabar qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, Mbappening Parij grandi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. PSJ xo'jayinlari Kilianga 5 yillik yangi shartnoma taklif qilishmoqda.

Forvard joriy mavsum Frantsiya chempionati doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.