Yangiliklar tasmasi

Grizmann, de Yong va Dest asosiy tarkibda o'ynagan bo'lsa ham Marca'dan Xetafega qarshi o'yin uchun baho olishmadi


Muharrir:
Madridning Marca nashri "Barselona"ning La Liga 6-tur doirasidagi "Xetafe" (0:1)ga qarshi o'yinidan qoniqish hosil qilmadi.

Hujumchi Antuan Grizmann, xavbek Frenki de Yong va himoyachi Serjino Dest asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lsa ham baho olishmadi. Frantsiyalik va niderlandiyalik futbolchi 80-daqiqada almashtirilgan bo'lsa, amerikalik o'yinning so'nggiga qadar harakat qildi.

"Barsa"ning faqatgina bir futbolchisi bitta yulduzdan ko'proq oldi - yosh ispaniyalik Pedriga ikkita yulduzli baho berishdi.

"Xetafe"ning 5 o'yinchisi ikki yulduz, forvard Kucho Ernandesga esa uch yulduzli baho qo'yildi.

G'olib murabbiyi Pepe Bordalas 3 yulduz, "Barselona" ustoozi Ronald Kumanga esa bir yulduz qo'yildi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.