Yangiliklar tasmasi

Pedri: Messi bilan o'ynash - hayot sovg'asi. Oldin uni TVda yoki o'yinlarda ko'rganman, hozir esa u men bilan gaplashmoqda


Muharrir:
"Barselona" xavbeki Pedri kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi haqida gapirdi.

"Leoning harakatlariga o'rganib bo'lmaydi. Nafaqat uning, balki butun jamoaning harakatlariga ham.

Messida nimani xohlasa va qachon xohlasa qiladi. Eng hayratlantiradigani, u ikki yoki uch o'yinchini orqada qoldiradi va gol uradi. Oldin uni televizorda yoki o'yinlarda ko'rganman, hozir esa u men bilan gaplashmoqda.

Men u bilan birga o'ynashni orzu qilganman. Bu hayot menga bergan sovg'adir", - deydi Pedri.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.