Yangiliklar tasmasi

Manchester Siti Messi bilan yanvarda 50 mln funt evaziga shartnoma imzolashga urinib ko'radi


Muharrir:
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi qishki transferlar oynasida "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin.

Angliya klubi kataloniyaliklarning og'ir moliyaviy ahvolidan foydalanib qolmoqchi va ularni argentinalik o'yinchini yanvarda sotishga majbur qilmoqchi, sababi u yozda tekinga ketishi mumkin.

Qayd etish kerakki, "Man Siti" Messining transferi bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan yangi shartnoma imzolashning vositasi sifatida ko'rmoqda.

O'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Forvard joriy mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.