Yangiliklar tasmasi

Messi Kafuga etib oldi, J.Amerika rekordiga qadar 5 ta o'yin qoldi


Muharrir:
JCh-2022 saralashi doirasida Lionel Messi Argentina termasi safida Peruga (2:0) qarshi bahsda maydonga tushdi.

Messi milliy jamoa libosidagi 142 o'yinini o'tkazdi. U mazkur natija bo'yicha janubiy amerikaliklar orasida Kafuga (Braziliya) etib oldi va u bilan 3-o'rinni bo'lishmoqda.

O'yinlar soni bo'yicha qit'a rekordchisi esa Xaver Zanetti (147 o'yin, Argentina) hisoblanadi. Keyingi pog'onada yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Xaver Maskerano (143) turibdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.