Yangiliklar tasmasi

Barselona prezidentligiga nomzod: Agar Xavi so'rasa, Ramos bilan shartnoma imzolagan bo'lardim


Muharrir:
"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font ehtimol saylangandan so'ng "Real" himoyachisi Serix Ramos bilan shartnoma imzolashi borasidagi savolga javob berdi.

"Agar Xavi mendan so'rasa va bu iqtisodiy nuqtai nazaridan mumkin bo'lsa, men Ramos bilan shartnoma imzolagan bo'lardim", - deydi Font.

Font shuningdek "Barsa"ning yangi markaziy himoyachisi uchun Erik Garsiya ("Manchester Siti") va Matteys de Ligt ("Yuventus")ni ko'rayotganini aytdi.

Font bungacha bir necha bor "Barselona" bosh murabbiyligida Xavini ko'rishni xohlashini aytgan.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.