Yangiliklar tasmasi

Messi: Barselonaning barcha muammolariga sababchi bo'lishdan charchadim


Muharrir:
"Barselona" etakchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi o'yinlardan keyin Kataloniyaga qaytib kelgan payt aeroportda OAV vakillarining savollariga keskin javob qaytardi.

"Rostini aytsam, "Barselona"ning barcha muammolariga sababchi bo'lishdan charchadim", - dedi forvard jurnalistlarning oldidan o'tib ketarkan.

Messining bu so'zlari aynan nimaga qaratilgani noma'lum. "AS" nashrining keltirishicha, bu jurnalistlardan birining Antuan Grizmann bilan bog'liq savoliga bo'lgan reaktsiya bo'lishi mumkin. Oldinroq, frantsuzning sobiq agenti Erik Olats Antuan aynan Messi sabab jamoaga kirishib ketishda muammolarga duch kelgani haqida gapirgandi.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida Paragvay bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi va Peruni 2:0 hisobida taslim qildi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.