Yangiliklar tasmasi

Rivaldo: Messini olib qolishi uchun Barselonada pul yo'q


Muharrir:
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Rivaldo "ko'k-anorranglilar" sardori Leo Messi kelasi mavsumda ham Kataloniyada qolishiga shubxa bilan qaramoqda.

"Yangi rahbariyat Messining ketishiga yo'l qo'yib berishini tasavvur ham qila olmayapman. Chunki "Barselona"da Messini ushlab qolish uchun pul yo'q.

Messi Evropaning boshqa klublaridan yaxshigina taklif oladi. Agarda Messi maoshining oshishini istasa, klub boshqa futbolchilarning maoshini kamaytirishi kerak. Messi ketsa, holat yomonlashadi.

Agarda jamoa ushbu mavsumda sovrinlar qo'lga kiritib, Kuman yaxshi jamoa tuza olsa, balki u qolishi mumkin. Biroq qaytaraman: bu Messining "Barselona"dagi oxirgi mavsumi bo'lishidan qo'rqyapman. Uni boshqa jamoa tarkibida ko'rishni istamayman", - dedi Rivaldo.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.