Yangiliklar tasmasi

Barselonada seni shu erdagidek sevishlariga umid qilaman. Atletiko prezidenti Grizmannga aytgan so'nggi so'zlarini esladi


Muharrir:
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso hujumchi Antuan Grizmanning "Barselona"ga o'tishdan oldingi xayrlashuv so'zlarini esladi.

"Men aytdim: "Barselona"da ham senga "Atletiko"dagidek munosabatda bo'lishlariga, sevishlariga juda ham umid qilaman". Vaziyat ayni damda qandayligini bilmayman. Kataloniya klubi esa hozir yaxshi holatda emas", - deydi Sereso.

Grizmann "Barselona"ga "Atletiko"dan 2019 yilning yozida 120 million evro evaziga o'tgan edi.

Grizmann joriy mavsum "Barselona" tarkibida Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.