Yangiliklar tasmasi

Futre Grizmann haqida: Antuan Atletikoda xudo edi. Barsada esa u graf yoki knyaz bo'lishi mumkin


Muharrir:
"Atletiko" va Portugaliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Paulu Futre "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann atrofidagi og'ir vaziyat haqida gapirdi.

"Men Grizmanning o'tish sababini tushanaman ["Atletiko"dan "Barsa"ga]. U Chempionlar Ligasini yutishga urindi. Men uning ko'proq titullar uchun ketgan deb o'ylayman. Ehtimol u "Barsa"da buning ehtimoli katta deb o'ylagan.

Ammo biz barchamiz bilamizki "Barsa" eng asosiysi - Messi, Messi, Messi... 50 Messi. Keyin Suares, Pike va Grizmann. U to'rtinchi yoki beshinchi o'rinda [o'tgan mavsumda klubdagi ahamiyat bo'yicha].

Agar "Barsa" Chempionlar Ligasini yutsa, barcha gazetalar muqovasida Messi bo'ladi.

Agar Grizmann "Atletiko"dan ketmaganida, u afsonaga aylanardi. U mendan ham muhimroq bo'lar edi. Ammo men buni bilardim va unda adaptatsiya bilan bog'liq muammolar paydo bo'lishi kutgan edim.

Grizmann "Atletiko"da xudo edi. "Barsa"da esa atigi graf yoki knyaz bo'lishi mumkin", - deydi Futre.

Grizmann 2014-2019 yillar davomida "Atletiko" sharafini himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" - "Barselona" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.