Yangiliklar tasmasi

LaLiga. Messi va Grizmanning dubllari Barselonaga yirik g'alabani taqdim etdi


Muharrir:
Ispaniya chempionati 18-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Granada

Primera Divizion . 18-tur

09/01/2021, 22:30

4 : 0 Tugadi

Barselona

Antuan Grizmann - 12', Lionel Messi - 35', Lionel Messi - 42', Antuan Grizmann - 63'

Stadion: Estadio Nuevo Los Carmenes, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45' 90' 45'  Roberto Soldado46'  Anxel Montoro (Luis Milya)46'  Roberto Soldado (Luis Suares)46'  Karlos Neva (Xesus Valexo)64'  Darvin Machis (Kenedi)67'  Yanxel Errera (Alberto Soro)73'  Luis Suares78'  Xesus Valexo12'  Antuan Grizmann35'  Lionel Messi35'  Antuan Grizmann42'  Lionel Messi49'  Oskar Mingesa63'  Antuan Grizmann63'  Usman Dembele65'  Lionel Messi (Martin Breytueyt)65'  Frenki de Yong (Miralem Pyanich)73'  Pedri (Fransishku Trinkan)73'  Usman Dembele (Rikard Puch)81'  Serjino Dest (Xunior Firpo)82'  Serxio Buskets87'  Jordi Alba Match-tsentrda ochish

"Granada" – "Barselona" 0:4

"Nuevo Los Karmenes"

Gollar: 0:1 – 12 Grizmann, 0:2 – 35 Messi, 0:3 – 42 Messi, 0:4 – 63 Grizmann.

"Granada" – Ruy Silva, Duarte, Xerman Sanches, Fulke, Neva (Valexo, 46), Montoro (Milya, 46), Errera (Soro, 67), Eteki, Puertas, Machis (Kenedi, 65), Soldado (Suares, 46).

"Barselona" – ter Stegen, Alba, Mingesa, Dest (Firpo, 81), Umtiti, Buskets, de Yong (Pyanich, 65), Pedri (Trinkau, 73), Dembele (Puch, 73), Grizmann, Messi (Breytueyt, 65).

Ogohlantirishlar: Soldado (45), Mingesa (49), Suares (73), Buskets (82), Alba (87).

Chetlatish: Valexo (78).

UChRAShUV YaKUNLANDI!

90. Breytueyt Firponing ajoyib uzatmasini golga aylantira olmadi.

86. Ushbu g'alaba orqali "Barselona"ning LaLiga jadvalidagi ochkolari soni 34taga etadi va klub 3-o'ringa chiqib oladi.

80. Pyanichning jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

78. QIZIL KARTOChKA! "Real" sobiq futbochisi Xesus Valexo Breytueytni jarima maydonchasi chizig'i ustidan yiqitdi va hakam uni o'yindan chetlatdi.

73. Shunday qilib, Messi LaLiga tarixida ketma-ket 15ta mavsumda 10ta va undan ko'p gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Leo joriy mavsum to'purarlar reytingida 11ta gol bilan etakchi bo'lib oldi.

67. Alba Busketsning uzun pasini qabul qildi va tezkorlik bilan darvozaga zarba berdi. To'p darvozaning yonidan uchib o'tdi. 

65. O'zgarish: Messi maydonni tark etdi. Uning o'rniga Martin Breytueyt maydonga tushdi. De Yong o'rniga Pyanich o'yinga qo'shildi.

63. GOOOL! Endi Grizmann dubl qayd etmoqda! Antuan Dembelening qanotdan uzatgan to'pini bir urinishda o'ziga to'g'irladi va tezda o'ng oyog'i bilan to'pga zarba berdi. Buni kutmagan posbon to'pni o'tkazib yubordi.

56. ZARBAAA! De Yong markazdan raqib jarima maydonchasi oldigacha keldi va to'pni o'ng oyog'iga to'g'irlab, darvoza tomon zarba berdi. To'p biroz yuqoridan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

42. GOOOOL! YaNA MESSI! Nihoyat Leo jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Messi to'pni pastlatib, uzoq burchakka yo'lladi. Posbon to'pga otilgan bo'lsada ulgurmadi. 0:3. GOLNI TELEGRAMDAGI KANALIMIZDAN KO'ChIRIB OLIShINGIZ MUMKIN.

41. Pedri Messi uchun ajoyib standart ishlab berdi. "Granada" himoyachisi German o'z jarima maydonchasi chizig'i ustidan qoida buzdi.

39. Dembelening kuchli zarbasi "Granada" darvozasi ustidan o'tib ketdi.

35. GOOOOLLLL! Lionel Messi! Argentinalik forvard o'z uslubida raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ammo o'sha hujum vaqtida to'p Busketsning qo'liga tekkan ekan. Xo'sh, gol hisobga olinadimi? Gol hisobga olindi. 0:2.

29. Puertos Ter Shtegen bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo darvozani ishg'ol qila olmadi. Seyvdan so'ng yon hakam ofsayd borligini ko'rsatdi.

25. "Barselona" o'ng qanot himoyachisi Dest jarohat olgan ko'rinadi va bahsni davom ettira olmaydiganga o'xshaydi. Dest o'rnidan turdi va bahsni davom ettiradigan bo'ldi.

23. Soldado Ter Shtegen darvozasi tomon zarba berdi, biroq to'p darvozaga bormadi.

16. ZARBAAA! Usmon Dembele jarima maydonchasining burchagidan darvozaning uzoq burchagini nishonga olishga urindi, ammo to'p ustun oldidan o'tib ketdi.

12. GOOOL! Yo'q, hakam ofsayd borligini aytyapti. Takroriy lavhada hammasi aniqlandi. Biroq hakam golni hisobga oldi. Buskets to'pni boshqa futbolchiga uzatayotgandi, ammo to'p Soldadoga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va Grizmannga tushib qoldi. Antuan esa darvozani ishg'ol qildi. HAKAM GOLNI HISOBGA OLDI!

11. Pedri jamoadoshining uzatmasidan so'ng katta tezlikda "Granada" jarima maydonchasiga kirib bordi va bir futbolchini aldab, darvozaga zarba berdi. To'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

6. Ushbu bahs Serxio Buskets uchun yubiley o'yin. Yarim himoyachi "Barselona" safidagi 600-uchrashuvini o'tkazmoqda.

2. SEYV! Busketsning xatosidan so'ng "Granada" futbolchisi to'pni egallab oldi va darvozaga kuchli zarba berdi. Ter Shtegen ajoyib seyvni amalga oshirdi va jamoasini goldan qutqarib qoldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

"Granada" – "Barselona"

22.30, "Nuevo Los Karmenes"

"Granada" – Ruy Silva, Duarte, Xerman Sanches, Fulke, Neva, Montoro, Errera, Eteki, Puertas, Machis, Soldado.

"Barselona" – ter Stegen, Mingesa, Dest, Arauxo, Alba, Buskets, de Yong, Pedri, Dembele, Grizmann, Messi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.