Yangiliklar tasmasi

Reyting: Ronaldu XXI asr ilk 20 yilligida milliy chempionatlar tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Ro'yxatda o'zbekistonliklar ham bor


Muharrir:
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 21 asrning yigirma yilligida (2001-2020) milliy chempionatlar tarixida eng ko'p gol urgan futbolchilar reytingini tuzdi.

Unda etakchi sifatida 462 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu ko'rsatildi. Ronaldu gollarini Portugaliya, Angliya, Ispaniya hamda Italiya chempionatlarida urgan. Undan keyingi poonadan “Barselona” forvardi Lionel Messi (451) joy oldi. “Milan” a'zosi Zlatan Ibrahimovich (379) esa kuchli uchlikka yakun yasadi.

TOP-10 esa quyidagicha:

1. Krishtianu Ronaldu - 462 gol;

2. Lionel Messi - 451 gol;

3. Zlatan Ibragimovich - 379 gol;

4. Luis Suares - 332 gol;

5. Aleksandar Jurich - 304 gol;

6. Ali Ashfa - 287 gol;

7. Robert Levandovski - 285 gol;

8. Samuel Eto′O - 282 gol;

9. David Vilya - 280 gol; 

10. Martin Kamburov - 278 gol.

E'tiborlisi shundaki, ro'yxatda o'zbekistonlik futbolchilar ham bor. Faoliyatini yakunlagan Anvar Berdiev XXI asrda 164 ta gol urgan bo'lsa. Zafar Xolmurodov hisobida 151 ta to'p mavjud. Berdiev va Xolmurodov reytingda 58-o'rindan pastroqda qayd etilgan.

P.S. To'liq reyting bilan quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.