Yangiliklar tasmasi

Barselona va PSJ Agueroni nishonga olishdi


Muharrir:
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero Ispaniya yoki Frantsiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

32 yoshli argentinalik futbolchining "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi, shu sabab u bitimga yarim yil qolganda boshqa klublar bilan muzokara olib borish huquqiga ega. Agueroga "Barselona" va PSJ qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Manchester Siti"ga 2011 yilda Madridning "Atletiko" klubidan o'tgan edi.

Forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.