Yangiliklar tasmasi

Laporta: “Barselona” 2003 yil Ronaldinoni tanlagani uchun Ronaldu bilan shartnoma imzolamagan”


Muharrir:
Kataloniyaliklar prezidentligiga asosiy nomzod Joan Laporta Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq voqeani esga oldi.

“Ronaldino va Rafa Markes bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgandik. Keyin bizga o'sha vaqt “Sporting”da bo'lgan Krishtianu Ronaldu taklif qilindi. Agentlardan biri ularda MYuga 19 mln evroga sotilayotgan futbolchi borligini aytishdi, ammo bizga uni 17 mln evroga sotishlari mumkin edi.

Biroq, o'sha payt Ronaldinoning transferiga sarmoya kiritgan edik. Krishtianu esa markazdan ko'ra, ko'proq qanotda o'ynardi. Bizga qanotlarda barchasi joyidadek tuyuldi, shu tufayli biz rad javob qildik. Bundan afsuslanmayman”, deydi 2003-2010 yillar davomida “Barsa”ga rahbarlik qilgan investor.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.