Yangiliklar tasmasi

“Atletiko” “Barselona”ga qarshi o'yindagi noxush an'anasini davom ettirdi


Muharrir:
“Barselona” La Liga 33-turi doirasida “Atletiko” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Ispaniya chempionati doirasida Madrid jamoasi “Barselona”ni 10 yildan beri mag'lub eta olmayapti. G'alabasiz o'yinlar ceriyasi 20 ta bahsga etdi. “Atletiko” so'nggi bor “Barselona”ni 2010 yil sentyabrida La Liga doirasida mag'lub etgan. O'shanda jamoa murabbiyi Kiki Sanches Flores edi. Kataloniyaliklar 20 ta o'yinning 14 tasida g'alaba qozongan bo'lsa, tomonlar 6 ta o'yinda duran qayd etgan. 

Bundan tashqari, “Atletiko” Diego Simeone qo'l ostida “Barselona”ni safar o'yinlarida mag'lub eta olmayapti. Bu ceriya esa 11 ta bahsdan iborat (barcha musobaqalarda). Kataloniya klubi 6 ta o'yinda g'alaba qozongan, 5 ta o'yinda durang qayd etilgan.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.