Yangiliklar tasmasi

Simeone: “Raqobatbardosh jamoa ekanligimizni ko'rsatdik”


Muharrir:
“Atletiko” ustozi “Barselona”ga qarshi bahsdan so'ng (2:2) fikrlari bilan bo'lishdi.

“Odatda qanday o'ynasak, shunday o'ynashga harakat qildik. Yaxshi boshladik, biroq ular standart vaziyatdan o'z golini urdi. Keyin esa to'pni yaxshi nazorat qiladigan jamoaga qarshi qiyin o'yinga kirishdik. Oxirigacha kurashdik. Vidalda gol urish uchun imkoniyat bo'ldi, bizda esa Kosta va Lemarda. Yaxshi ish bajardik va o'zimizning raqobatbardosh jamoa ekanligimizni ko'rsatdik”, — deydi Simeone.

“Atletiko” La Ligada 59 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.