Yangiliklar tasmasi

Ronaldino uy qamog'idan qachon chiqishi ma'lum, u Braziliyaga boshqa qaytmasligi mumkin


Muharrir:
Braziliyalik taniqli yulduz 7 mart kuni Paragvay chegarasida soxta pasport bilan qo'lga tushgandi.

U hozirda mazkur davlatda uy qamog'ida saqlanmoqda. ESPN manbasiga ko'rsa, 40 yoshli futbolchi o'z aybiga to'liq iqror bo'lsa, avgustda ozodlikka chiqariliadi.

Sudda Ronaldino o'zi va akasiga soxta hujjatlarni tayyorlashda braziliyalik tadbirkor Vilmondes Souza Liriya yordam berganini tan olgan.

Sobiq o'yinchi ozodlikka chiqqanidan keyin har oyda jarima to'lashi va xatti-harakatlari to'g'risida tegishli idoralarga hisobat berib borishga majbur bo'ladi.

Xabarda keltirilishicha, Ronaldino Braziliyani bir umrga tark etmoqchi. U akasi bilan Kasteldefels shahridagi (Ispaniya) uyga ko'chib o'tishi kutilmoqda. Aynan shu shaharda Lionel Messi, Luis Suares va “Barselona” boshqa a'zolari ham istiqomat qiladi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.