Yangiliklar tasmasi

Rasman: Barselona muddatidan oldin ijarada o'ynayotgan futbolchisini ortga qaytardi


Muharrir:
Himoyachi Xuan Miranda "Shalke"dan "Barselona"ga qaytdi.

"Ko'k-anorranglilar" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tomonlar bitimni kelasi mavsum uchun uzaytirmaydigan bo'lishdi.

20 yoshli ispaniyalik futbolchi o'tgan yilning avgustida ijara asosida Gelzenkirxen klubiga yo'l olgan edi.

Bitim ikki yilga rejalashtirilgan edi, ammo tomonlar hamkorlikni muddatidan oldin to'xtatishga qaror qilishdi.

Miranda "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta sariq kartochka oldi.

Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.