Yangiliklar tasmasi

“Barselona” Koutinoni APL klubiga taklif qildi


Muharrir:

“Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

Manbaning xabariga ko'ra, "ko'k-anorrangliklar" braziliyalik futbolchini "Chelsi"ga tavsiya qilishdi.
Ma'lumot uchun, hozirda Koutino “Bavariya” safida ijarada to'p surmoqda. Myunxeniklar uni sotib olmoqchi emas. “Barselona” uning transferidan 100 million evro ishlab olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted” Koutino bilan shartnoma imzolashni xohlamagan edi.
Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.