Yangiliklar tasmasi

Neymar «Barselona»ga yanada yaqinlashdi


Muharrir:
Yozgi transfer muddati ochilishiga hali ancha vaqt bo'lsa-da, Neymarning "Barselona"ga qaytish "ertagi" yana boshlandi. O'tgan mavsumda "PSJ" braziliyalik futbolchini o'z safida olib qolishga qaror qilgan bo'lsa, parijliklar bu safar unchalik oyoq tirab turishmaydigan ko'rinadi.

"Pari San-Jermen" rahbariyati asosiy urg'uni Kilian Mbappega qaratishga qaror qilib bo'ldi. Shu bois, kataloniyaliklar munosib taklif beradigan bo'lsa, Neymar "Kamp Nou"ga yo'l oladi.

Bundan tashqari, FIFAning "O'yinchilar statusi va transferi haqidagi nizomi"ga ko'ra, bir jamoa safida 3 yil o'yngagan va 28 yoshga to'lgan futbolchi o'z transferini sotib olish huquqiga ega.

Avvalroq matbuotda "PSJ" Neymarning transfer narxini 150 million evroga tushirgani haqida xabar tarqalgan edi. Bundan tashqari, Frantsiya chempionlari braziliyalik o'yinchining evaziga "ko'k-anorranglilar" safida bir qator futbolchilardan ba'zilarini o'z saflariga qabul qilishga qarshi emaslar. Ular orasida Mark-Andre ter Shtegena, Kleman Langle, Nelson Semedu, Samuel Umtiti, Fillipe Koutino, Anutan Grizmann, Usmon Dembele va Ivan Rakitich kabi o'yinchilar bor.

Shularni hisobga olganda Neymar "Barsa"ga qaytishga yanada yaqinlashdi. Boz ustiga, Messi sobiq jamoadoshini "Kamp Nou"da ko'rishni istayotgani bois, klub rahbariyati Neymarni qo'lga kiritish barcha imkoniyatni ishga soladi.

28 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalar doirasida 22ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi.

Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.