Yangiliklar tasmasi

Messi koroanvirusga qarshi kurash uchun 1 million evro ajratdi


Muharrir:

Messi_koroanvirusga_qarshi_kurash_uchun_1_million_evro_ajratdi
«Barselona» sardori Lionel Messi koronavirusga chalinganlarni davolayotgan 2ta shifoxona uchun 1 million evro miqdorida mablag' ajratdi.

"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu pullar Barselona va Argentinadagi tibbiyot muassasalari hisobiga o'tkaziladi. Argentinalik futbolchi ajratgan pullarga tibbiy uskunalar va koronavirusga qarshi kurash vositalari xarid qilinadi.

Avvalroq "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning agenti Jorje Mendesh koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million funtdan ko'proq pul xayriya qilgani haqida ma'lumot tarqatilgan edi.
Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.