Yangiliklar tasmasi

«Barselona» futbolchilarining maoshi 70 foizga qisqartiriladi


Muharrir:

Barselona_futbolchilarining_maoshi_70_foizga_qisqartiriladi
«Barselona» rahbariyati o'yinchilarning maoshi qanchaga qisqartirilishi borasida yakuniy qarorga keldi. Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, klub har bir o'yinchining maoshini 70 foizga kamaytirmoqchi.

Klub direktorlar kengashi shunday taklif tayyorladi hamda bu taklif jamoa va o'yinchilar o'rtasida muhokama qilinadi. Qisqartirish o'yinchilarning mukofot pullariga tegishli bo'lmaydi. Ushbu shart Ispaniyada favqulotda vaziyat yakunlangunga qadar amalda bo'ladi.

Avvalroq «Barselona» futbolchilari pendemiya paytida maoshlarning kamaytirilishiga rozi bo'lishgan edi.
Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.