Yangiliklar tasmasi

Lionel Messi haqida aytilgan eng zo'r iqtiboslar!


Muharrir:

Lionel_Messi_haqida_aytilgan_eng_zor_iqtiboslar
Sizlar uchun maxsus!
Messi haqida aytilgan eng zo'r 10 ta iqtibos.
1. “Do'stim tabriklayman! Sen bu mukofatga loyiqsan. Sen bilan bir jamoada o'ynash sharafdir”, — “Barselona” hujumchisiLuis Suares.
2. “Messi men uchun doim noyob o'yinchi bo'lgan. Biz birgalikda ko'p tajriba ortirdik, u doim biz bilan birga bo'lgan. Umid qilamanki bu uzoq davom etadi. Men Messi bilan bir jamoada o'ynayotganimdan baxtiyorman”, — “Barselona” yarim himoyachisi Andres Inesta.
3. “Butun yil davomida Messi bilan shug'ullanganlar va o'ynaganlar biladiki u dunyoning eng zo'r o'yinchisi”, — Braziliya terma jamoasi va “Barselona” sobiq hujumchisi Neymar.
4. “10 raqamli libos menga ko'p narsani anglatadi. “Manchester Siti”da ko'p yillar davomida 16 raqam ostida o'ynagan bo'sam ham, 10 raqam men uchun muhimligicha qoladi. Mening do'stim Lionel Messi bu raqamni kiyishi, buni yana ham muhimlashtiradi”, — “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero.
5. “Odamlar Messini hurmat qilishiga ishonaman, chunki u dunyoning eng zo'r o'yinchisi. Agar Messini yomon ko'rishsa, demak ular futbolda hech narsani tushunmas ekanlar. Bunday odamlarning kallasida nima borligini tassavur qila olmayman”, — Argentina terma jamoasi hujumchisi Karlos Teves.
6. “Lionel Messi – haqiqiy rahimdillik ramzidir. U ajoyib futbolchi va shunchaki yaxshi yigit”, — “Roma” hujumchisi Franchesko Totti.
7. “Messi deyarli har bir o'yinda futbolning yuqori darajasini ko'rsatadi. Shunday iqtidoriga qaramay Lionel o'zini doimo kamtar tutadi. Bu menga juda yoqadi, shuning uchun ham uni juda hurmat qilaman”, — “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal.
8. “Siz Messini oddiy kiyimda ko'rsangiz, u maktab o'quvchisidek ko'rinadi, lekin u futbol libosini kiyganda, qolgan hamma maktab o'quvchisiga aylanib qoladi”, — Frantsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Biksant Lizarazyu.
9. “Barselona” – ajoyib jamoa, uning takibida 10 ta futbolchi va bitta o'zgasayyoralik Messi o'ynaydi”, — “Sevilya” prezidenti Xose Kastro.
10. “Messi – er sayyorasida futbol o'ynayotgan o'zgasayyoralikdir”, — “Yuventus” darvozaboni Djanluidji Buffon.

TAYYORLOVCHI KAMINA: NOMOZOV DONIYOR
Izoh qoldirish

© 2020 Barcelona.uz. All rights reserved.